Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 oyda oziq-ovqat ishlab chiqarish 57 trln so‘mdan oshdi

5 oyda oziq-ovqat ishlab chiqarish 57 trln so‘mdan oshdi

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda besh oy davomida 10,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 7,9 trln so‘m va Samarqand viloyati — 7,7 trln so‘m bilan joylashdi.

Statistikaga ko‘ra, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ishlab chiqarish hajmi bir xil bo‘lib, har ikki hududda 4,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Buxoro viloyatida mazkur ko‘rsatkich 3,7 trln so‘mni tashkil etgan. Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida esa 3,5 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,5 trln so‘m, Navoiy viloyatida 2,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Quyi ko‘rsatkichlar Xorazm viloyatida — 1,8 trln so‘m, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida — 1,7 trln so‘mdan, Jizzax viloyatida esa 1,6 trln so‘mdan qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring