Ahmad ash-Sharaa AQShga rasmiy tashrif bilan borgan ilk Suriya rahbari bo‘ldi
SANA agentligining xabar berishicha, Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Sharaa Vashingtonga yetib bordi. U ertaga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Oq uyga kelishi rejalashtirilgan.
Ash-Sharaaning tashrifi Suriya prezidentlarining 1946-yilda mamlakat mustaqillikka erishganidan beri AQSh poytaxtiga birinchi marta tashrif buyurishidir.
7-noyabr kuni AQSh unga qarshi sanksiyalarni bekor qildi. Bir kun oldin BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya prezidentiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Yevropa Ittifoqi ham shunga o‘xshash yo‘l tutishni rejalashtirmoqda.
Suriya prezidentining Tramp bilan muzokaralari Suriyaning urushdan keyingi tiklanishi va Damashqqa qarshi AQSh sanksiyalarini bekor qilishga qaratiladi, dedi Suriya tashqi ishlar vaziri Asad al-Shibani. Bungacha, oktyabr oyida ash-Sharaa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter