Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alipay+ endi Octo-mobile ilovasida: chet elda xuddi uyingizdagi kabi to‘lov qiling

Alipay+ endi Octo-mobile ilovasida: chet elda xuddi uyingizdagi kabi to‘lov qiling

Octobank Osiyo va Yevropa bo‘ylab to‘lovlarni o‘zbek so‘mida amalga oshirish imkoniyatini yaratdi

Octobank birinchilardan bo‘lib Xitoyning mashhur Alipay+ to‘lov xizmatini o‘zining mobil ilovasi interfeysiga integratsiya qildi. Endi Octo-mobile foydalanuvchilari xorijdagi xaridlar uchun to‘lovlarni O‘zbekistondagidek oson — milliy valyutada amalga oshirishlari mumkin. Bu HUMO milliy to‘lov tizimining Alipay+ bilan hamkorligi tufayli amalga oshirildi, natijada O‘zbekiston banklari uchun transchegaraviy QR-to‘lovlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Yevropa va Osiyoda tovarlar va xizmatlarga to‘lov qilish uchun bitta harakat kifoya: QR-kodni skanerlang. Xizmat barcha asosiy xarajat toifalarini — xaridlar, ovqatlanish, transport, turizm, ko‘ngilochar tadbirlarni qamrab oladi. Bunda mablag‘lar so‘mda olinadi va konvertatsiya avtomatik ravishda joriy kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.

Octo-mobile ilovasida Alipay+ joriy etilishi mahalliy to‘lov tizimlari orqali o‘zbekistonliklarning sayohatlardagi kundalik to‘lovlarini soddalashtirishga qaratilgan.

«Alipay+ xizmatining Octo-mobile ilovasiga integratsiyalashuvi xalqaro to‘lovlarni oddiy va shaffof jarayonga aylantiradi. Bu tez, xavfsiz va qulay. Xizmat, ayniqsa, chet elda tez-tez sayohat qiladigan, ishlaydigan yoki o‘qiydigan o‘zbekistonliklar, shuningdek, chet elga sayohat qiladigan sayyohlar va tadbirkorlar orasida ayniqsa talabgir bo‘ladi», – deb xabar berdi Octobank matbuot xizmati.

Alipay+ chet elda to‘g‘ri ishlashining muhim sharti: Octo-mobile ilovasini dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy telefon raqami bilan O‘zbekistonda amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, sayohat qilishdan oldin foydalanuvchi tranzaksiyalarga cheklovlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Sayohatlarda ishonch va xotirjamlikni saqlang xorijda Octo-mobile orqali o‘z uyingizdagidek to‘lov qiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring