Andijonda kadastr bo‘limi boshlig‘ining «qing‘irligi» oshkor bo‘ldi
Jalaquduq tumanida fuqaroning 3 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan kadastr bo‘limi boshlig‘i fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Kadastr agentligining Jalaquduq tumani bo‘limi boshlig‘i uy-joy qurish va dehqon xo‘jaligida foydalanish uchun fuqaro M.M.ga jami 25 sotix yer maydoni ajratib berishi evaziga 2024-yilda 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Amaldor o‘ziga nisbatan shubha uyg‘otmaslik maqsadida fuqaroga go‘yoki «Sharxoncheki» MFY hududidan uy-joy qurish uchun 8 sotix yer maydoni ajratilganligi to‘g‘risida qaror chiqarilganligini aytganligi aniqlangan.
Tadbir davomida, Jalaquduq tumani kadastr bo‘limi xodimi A.O. bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga asosan fuqaroga 3 000 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter