Andijondagi maktabda bir necha kishi texnik spirtdan zaharlandi: qurbon bor
Andijon shahridagi maktablardan birida texnik spirt iste’mol qilinishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Shuningdek, kishi zaharlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Daryo nashri 22-oktyabrga o‘tar kechasi 36-umumta’lim maktabi binosida «direktor va xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadigan ayrim xodimlar laboratoriyada saqlanayotgan texnik spirtni iste’mol qilgani, oqibatda maktab xo‘jalik mudiri voqea joyida vafot etgani, direktor esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgani» haqida xabar bergan.
Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holat yuzasidan bayonot berdi. Aytilishicha, hodisa 22-oktyabr kuni sodir bo‘lgan, ushbu holatda maktab direktori vazifasidagi F.R (ayol kishi) ishtirok etmagan, u ishdan so‘ng uyiga qaytgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni soat 17:00 larda maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’uli, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari, qorovul va bir nafar o‘qituvchi darsdan keyin kechki ovqatlanish jarayonida texnik spirtni iste’mol qilgani aniqlangan.
Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter