Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tayinlandi
Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov nutq so‘zladi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Hayot Hasanovich Davlatovning Buxoro viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Shundan so‘ng Botir Zaripov 2020-yildan beri viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Ashurovich Hamroyev nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.
Anvar Hamroyev 1978-yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan, 1997-yilda Buxoro kooperativ texnikumini va 2003-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan, mutaxassisligi - moliyachi va iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini Buxoro tumani statistika bo‘limi mutaxassisi lavozimida boshlab, Buxoro tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori, Kogon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan.
Yakunda Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter