Ayol mast chaqaloqni dunyoga keltirdi
Polshalik 38 yoshli ayol dunyoga keltirgan chaqaloqning qonida xavfli miqdorda alkogol aniqlandi, deb xabar berdi TVP World.
Ayol homiladorligining 36-haftasida shifoxonaga keltirilgan. Shifokorlar qayd etishicha, bemor mast bo‘lgan, uning qonida ancha miqdorda alkogol aniqlangan.
Tug‘uruq paytida onaning ahvoli homilasi uchun xavfli bo‘lgani sababli shifokorlar kesarcha operatsiya o‘tkazishgan. Dunyoga kelgan chaqaloqning qonida ham spirt topilgan. Hozirda chaqaloqning ahvoli barqaror.
Ona ham shifoxonada. Bolasining hayotini xavf ostiga qo‘ygan ayol tug‘uruqdan so‘ng u huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tushdi. Tegishli modda doirasida u besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter