Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Banklarga mijozlarning biometrik ma’lumotini xorijda saqlashi taqiqlanadi

Banklarga mijozlarning biometrik ma’lumotini xorijda saqlashi taqiqlanadi

Markaziy bank boshqaruvining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori Adliya vazirligida 2026-yil 1-avgust kuni 3914-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar, faktoring elektron platformalari hamda kredit byurolari mijozlarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish jarayonida foydalanadigan jismoniy shaxslarning biometrik ma’lumotlarini faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlashi shart.

Shu bilan birga, biometrik bo‘lmagan shaxsga doir boshqa ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish tartibi amaldagi qonunchilik talablari asosida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, biometrik bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni 27¹-moddasi 3-qismiga muvofiq respublika hududidan tashqarida ham saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.

Markaziy bank ta’kidlashicha, kiritilgan qo‘shimchalar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasida belgilangan talablarning amalda to‘liq bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring