Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birgina sabab Islandiyani NATOda qoldirish uchun yetarli bo‘ldi

Birgina sabab Islandiyani NATOda qoldirish uchun yetarli bo‘ldi

Yens Stoltenberg va Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdottir. 2022-yil.

Foto: NATO

AQSh prezidenti Donald Tramp faqat birgina sabab bilan Islandiyani NATOda qoldirishga rozi bo‘lgan, deb xabar berdi The Guardian.

NATO sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z kitobida yozishicha, Islandiya Rossiya suv osti kemalarini kuzatish imkoniyatini saqlab qolish uchun tashkilotda qoldirilgan.

Stoltenbergning yozishicha, Islandiyaning NATOga a’zoligi masalasi savol ostida turgan. Alyansga a’zo besh mamlakatgina mudofaa uchun YaIMning 2 foizidan ko‘proq mablag‘ sarflayotgani Trampning jahlini chiqargan. Islandiyaning esa hatto o‘z qurolli kuchlari ham yo‘q.

20172019-yillarda AQSh mudofaa vaziri lavozimida ishlagan Jim Mettis Trampni Islandiyadagi NATO bazalarini saqlab qolishga ko‘ndirgan, u bazalar Rossiyaning suv osti kemalarini kuzatish uchun zarurligini aytgan.

Shu omil Trampni Islandiya NATO uchun muhim ekaniga ishontirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring