Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoyalash bo‘yicha strategiya tasdiqlandi

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoyalash bo‘yicha strategiya tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha Strategiya tasdiqlandi

Mazkur strategiya Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning amaliy va tizimli ijrosini ta’minlash, shuningdek bolalarning xavfsizligi va qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlaydigan barqaror mexanizmni shakllantirishga qaratilgan. 

Farmon fuqarolarga bolalar va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarimizni bajarish, mamlakatning faol pozitsiyasini, zo‘ravonlikka murosasizligini va uni bartaraf etishdagi qat’iyatini tasdiqlash imkonini beradi. 

«Bugun Prezident tomonidan 2026–2030 yillarda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi to‘g‘risidagi Farmon imzolandi. Hujjat jamoamiz tomonidan jahon tajribasi va ilg‘or amaliyotlar asosida ishlab chiqilib, bolalar uchun ishonchli himoya tizimini yaratishga qaratilgan. 

2026 yildan professional tutingan oilalar bilan ish yo‘lga qo‘yilib, bolalar va oilalar psixologik hamda huquqiy yordam oladi. Ustuvor maqsad — oilani qo‘llab-quvvatlash va uni saqlab qolish. 

Shuningdek, o‘quv-tarbiya muassasalari o‘rnida bolalarni jamiyatga moslashtirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy integratsiya markazlari tashkil etiladi, qonunchilikdagi o‘zgarishlar esa bola huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan. 

Ushbu islohotlarni amalga oshirishda ishtirok etgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi va barcha hamkorlarga minnatdorlik bildiraman», —deydi Shahnoza Mirziyoyeva. 

Strategiyaga muvofiq kuchga kirayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Strategiyada oilalarni qo‘llab-quvvatlash, zo‘ravonlik oqibatida oilasidan ajratilgan bolalarga oilaviy muhitga maksimal darajada yaqin sharoitda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, shuningdek bola va oila uchun ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan. 

Strategiyaning prinsipial muhim jihatlaridan biri — idoralararo hamkorlikdir. Bolalarni himoya qilish masalasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi muvofiqlashtiruvchi roli ostida birgalikda amalga oshiriladigan umumiy mas’uliyat sifatida qaraladi. 

Hujjatda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda reabilitatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Yangi ijtimoiy va reabilitatsion xizmatlar joriy etiladi, oilani mustahkamlash va ijobiy ota-onalikni rivojlantirish bo‘yicha choralar kuchaytiriladi. Shuningdek,«Mehrli oila» xizmati, professional qabul qiluvchi (foster) oila instituti joriy etiladi hamda kam sonli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. 

Strategiya jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya va ma’muriy qonunchilikka kompleks o‘zgartirishlar kiritilishini ham nazarda tutadi. Ushbu o‘zgartirishlarning asosiy maqsadi — tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichlarida bolani himoya qilish hamda bolaga do‘stona adliya tamoyillarini joriy etishdir. 

Zo‘ravonlik qurboni yoki guvohi bo‘lgan bolalar uchun dastlabki tergov harakatlaridan boshlab bepul yuridik yordam ta’minlanadi. Agar zo‘ravonlik bola oilasida sodir etilgan bo‘lsa, ishni sudgacha ko‘rib chiqish va sud muhokamasi jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining barcha protsessual harakatlarda majburiy ishtiroki ta’minlanadi. Shuningdek, bolaning manfaatlarini himoya qilish maqsadida surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida ijtimoiy xodim protsess ishtirokchisi sifatida jalb etiladi. Bola va zo‘ravon o‘rtasidagi yuzlashtirish faqat tergovchi va prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkaziladi. Bolaning ko‘rsatmalari takroriy jabrlanishning oldini olish maqsadida majburiy videoyozuvga olinadi. 

Strategiyaning alohida bo‘limi deviant va antisotsial xulq-atvorga ega bolalar bilan ishlashga bag‘ishlangan. Respublika o‘quv-tarbiyaviy muassasalari ilgari yopilgan bo‘lib, ularning o‘rniga ijtimoiy integratsiya va qo‘llab-quvvatlash markazlari, shuningdek kam sonli ijtimoiy yordam markazlari tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, ushbu bolalarning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida ular yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan ta’lim muassasalari soni 258 taga yetkazilmoqda. 

Tezkor javob choralarini ko‘rish va axborot almashinuvi samaradorligini oshirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar axborot tizimlarini integratsiya qilish ko‘zda tutilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tortib kollejlarigacha bo‘lgan barcha ta’lim muassasalarida «xavfsiz maktab» konsepsiyasi joriy etiladi, shuningdek bulling va raqamli zo‘ravonlikka qarshi choralar kuchaytiriladi. 

Bundan tashqari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini yashirish yoki ular haqida xabar bermaslik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi taklif etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring