Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy xavf ostida qolgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha kvotalar ajratiladi

Ijtimoiy xavf ostida qolgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha kvotalar ajratiladi

Joriy yil 24-dekabrdagi «2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ularning xulq-atvori, iqtidori va qiziqishlarini inobatga olgan holda o‘quv yili davomida 257 ta hududdagi ta’lim tashkilotlariga Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yo‘llanmasiga muvofiq joylashtirilishi mumkin.

Bunda:

  • yo‘llanma asosida yuboriladigan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ta’lim tashkilotlariga bepul asosda, sinovlar va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi;
  • ta’til vaqtida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalarni ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs)ga qaytarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ushbu bolalarni o‘quv jarayoni boshlangunga qadar vaqtinchalik muqobil joylashtirish choralari ko‘riladi;
  • yo‘llanma asosida joylashtirilgan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bola tegishli ta’lim tashkilotining o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosariga biriktiriladi hamda uning xulq-atvori va o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorakda uning yashash joyidagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritiladi.

Shuningdek, har o‘quv yili yakunida vazirlik va idoralar tomonidan tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining qabul kvotasini tasdiqlashda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun 5 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratiladi va bu to‘g‘risidagi ma’lumot Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring