Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Brakonerlikka qarshi kurashish oyligi e’lon qilindi

Brakonerlikka qarshi kurashish oyligi e’lon qilindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublikada noyabr oyi “Brakonerlikka qarshi kurashish” oyi deb belgilandi

Maqsad — O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to‘g‘risida", "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunlari ijrosini ta’minlash, brakonerlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rishdir. 

Oy davomida barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, respublikaning cho‘l, tog‘li hududlarida hamda tabiiy suv havzalarida noqonuniy ravishda o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, jumladan, noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ekologik nazorat tartibida reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, har bir hududda reyd tadbirlari o‘tkazish bo‘yicha tezkor guruhlar shakllantirilib, hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish, ov qilish va baliq ovlash qoidalariga rioya e’tilishi bo‘yicha targ‘ibot va profilaktika ishlari olib borilmoqda. 

Ekologiya vazirligi har qanday turdagi noqonuniy ov qonunchilikka ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tadi. Agar brakonerlik holatlariga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 telefon raqamlari, 1157, 1207 qisqa raqamlari yoki @ecogovuz_bot orqali xabar bering. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring