Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiyaga oid huquqbuzarliklar eng ko‘p Qoraqalpog‘iston va Samarqandda qayd etildi

Ekologiyaga oid huquqbuzarliklar eng ko‘p Qoraqalpog‘iston va Samarqandda qayd etildi

2024 yil va 2025 yilning birinchi yarmida ekologik huquqbuzarliklar yuzasidan jami 403 nafar shaxsga oid 220 ta jinoyat ishi ko‘rildi. Ulardan 213 ta ish bo‘yicha hukm chiqarilgan, 7 ta ish tugatilgan.

Jinoyatlar asosan:

  • hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish;

  • ekinzorlar, o‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish.

Eng ko‘p jinoyat Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryoda qayd etilgan.

Shu davrda sudlar tomonidan 2 466 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Ular bo‘yicha 2 235 tasida ma’muriy jazo qo‘llanilgan, 231 tasi tugatilgan.

Ma’muriy ishlarning asosiy qismi Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida sodir etilgan.

Eng ko‘p qonunbuzarliklar:

  • suvdan foydalanish qoidalarini buzish;

  • ov va baliq ovlash qoidalarini buzish;

  • foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish.

Statistika ushbu hududlarda profilaktika choralarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring