Samarqandda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni haqoratlagan shaxs qamaldi
2025-yil 30-dekabr kuni 2004-yilda tug‘ilgan shaxs internet ijtimoiy tarmog‘ining «Telegram» messenjeridagi o‘ziga tegishli profil orqali Telegram kanallaridan birining izoh qismida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi ma’lumot (payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan, tahr.)ni tarqatganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184³-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudining 2026-yil 9-yanvar kunidagi qaroriga ko‘ra, mazkur shaxsning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter