Bugun yetti hududda yomg‘ir yog‘ishi kutiladi
Bugun kunduzi Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq, shimolda 3-8° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter