Buxoroda xonadondan noqonuniy saqlangan pnevmatik qurol topildi
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Kogon tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan «Xavfsiz hudud» tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida tumanning Niyozi Hoji mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro Q.I. xonadonidan 1 dona pnevmatik qurol (havo yoki gaz bosimi orqali o‘q otadigan qurol) topilgan.
Q.I. o‘z yashash xonadoni yotoqxonasida 1959-yilda IJEVSK qurol zavodida ishlab chiqarilgan «Ij-38» rusumli, 1 nilli va 4.5 kalibrli topilgan pnevmatik qurolni hech qanday hujjatsiz yashirin ravishda saqlab kelgan. Tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelinayotgan ushbu qurol tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter