Dunyodagi yirik xosting provayderlardan biri ishlamay qoldi
Dunyodagi eng yirik xosting provayderlaridan biri bo‘lgan Cloudfare’da katta uzilishlar yuz berdi.
Dastlab, xizmat veb-sayti rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish haqida e’lon qildi, ammo keyinroq ma’muriyat foydalanuvchilarni provayderlardan biri bilan bog‘liq muammolar haqida xabardor qildi.
Downdetector nosozliklarni monitoring qilish platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar X ijtimoiy tarmog‘i, Spotify striming xizmati bo‘yicha ommaviy ravishda shikoyat qilmoqdalar va ba’zilari ChatGPT va Epic Gamesʼning ishlamasligi haqida xabar berishmoqda.
Cloudfare veb-saytida mas’ullar muammodan xabardor ekanligi, bu esa uning mijozlariga ta’sir qilishi mumkinligi aytilgan. Ular qo‘shimcha ma’lumot paydo bo‘lishi bilanoq batafsil ma’lumot berishga va’da berishdi.
20 oktyabr kuni shunga o‘xshash yirik xizmat Amazon Web Services katta uzilishlarga duch keldi. Duolingo, Zoom, Roblox, Fortnite va boshqa ko‘plab platformalar ishlamay qoldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter