Dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida Google Appleni ortda qoldirdi
Alphabet korporatsiyasi (Google egasi) dunyoning ikkinchi eng qimmat kompaniyasiga aylandi, deb xabar berdi Barron’s.
Google 2019-yildan buyon ilk marotaba bu pog‘onga ko‘tarilib, Appleni ortda qoldirdi.
7-yanvar kungi savdolarda Alphabet aksiyalari 2,5 foizga oshib, kompaniyaning bozor qiymati 3,878 trillion dollarga yetdi. Va aksincha, shu kuni Apple aksiyalari 0,77 foizga pastlab, kompaniya bozor qiymati 3,85 trillion dollarni tashkil etdi.
Jahonning eng qimmat — Nvidia kompaniyasi bozor qiymati 4,6 trillion dollardan oshgan.
E’tiborli jihati, nafaqat ushbu kompaniyalar, balki butun texnologik sektorning asosiy o‘sish drayveri sun’iy intellekt bo‘lib qolmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter