«Endi kredit to‘lamasangiz ham bo‘laveradi!»
Kreditni to‘lamaslikning qonuniy yo‘li bormi? Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz, go‘yoki hayotingizni bir zumda yengillashtiradigan shov-shuvli sarlavhalarga ko‘zingiz tushadi: «Kreditingiz bormi? Endi uni to‘lamasangiz ham bo‘laveradi!» yoki «Kreditdan qutulishning oson yo‘li topildi!»
Afsuski, virtual olamda layk va prosmotrlar ketidan quvayotgan ba’zi «blogerlar» yoki soxta huquqshunoslarning mana shunday balandparvoz va asossiz gaplariga ishonib, katta moliyaviy muammolar girdobiga tushib ketayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Xo‘sh, chindan ham bankdan olingan qarzni qaytarmaslikning biror-bir qonuniy yo‘li mavjudmi?
Bugungi kunda internetda hamma o‘zicha huquqshunosga aylanib, qonun normalarini o‘z bilganicha talqin qilayotgani achinarli hol. Xo‘sh, bu jamiyatda huquqiy savodxonlik oshganidan dalolatmi yoki shunchaki «xayp» epidemiyasimi?
Bugun xalqimizni qiynayotgan shu kabi og‘riqli muammolarga yurist Muzaffar Muradullayev bilan oydinlik kiritamiz.
Suhbat davomida oxirgi paytlarda internetda virus kabi tarqalayotgan «80 million so‘mdan ortiq krediti borlar uchun bankrotlik — eng yaxshi yechim» degan iddaolarning zamirida aslida qanday xavflar yotgani va bu jarayonning fuqaro uchun achchiq oqibatlari ochib beriladi.
Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik holatiga tushgan shaxslarga banklar tomonidan beriladigan real imtiyozlar, ko‘plab oilalarni sudma-sud yurishga majbur qilayotgan 5 daqiqalik onlayn mikroqarzlar shartnomasidagi «eng xavfli yashirin tuzoqlar» tahlil qilinadi.
Intervyuning eng muhim qismida esa joriy yilning 22-aprelidan kuchga kirgan — firibgarlar tomonidan nomiga soxta kredit rasmiylashtirilgan jabrlanuvchilarga doir yangi huquqiy tartib, undan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari va qaysi holatlarda fuqaro baribir qarzni to‘lashga majbur bo‘lishi haqida lo‘nda va xalqchil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter