Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi reklamali qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi

Endi reklamali qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi

Prezidentning PQ–265-son qarori bilan fuqarolarni istalmagan reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlaridan himoya qilishga qaratilgan yangi tartiblar belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab tovar va xizmatlarni mobil aloqa orqali reklama qilish faqat fuqaroning yozma yoki elektron roziligi olinganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini tarqatish xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘z axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazganidan keyingina ushbu xizmatni ko‘rsatishiga ruxsat beriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, soat 18:00 dan 09:00 gacha mobil aloqa tarmoqlari orqali reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini yuborish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, mobil aloqa operatorlari abonentning talabiga ko‘ra reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini to‘liq yoki qisman bloklash imkoniyatini ta’minlashi shart bo‘ladi.

Qarorda belgilangan talablarga rioya etmaslik reklama va shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish deb baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring