Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi isyonlar 25 ta shaharni qamrab oldi

Erondagi isyonlar 25 ta shaharni qamrab oldi

Foto: Siasat.com

Erondagi isyonlar 25 ta shaharni qamrab oldi. Ular orasida Sharqiy Ozarbayjon shaharlari ham bor.

Mamlakatning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy viloyatlarida isyonchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlarda qon to‘kildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar davomida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, ular orasida xavfsizlik kuchlari xodimlari ham bor.

Yosuj shahri markazi isyonchilar nazoratiga o‘tgan, Marvdashtda esa ular politsiya binosini egallagan. Eronning 31 viloyatidan 22 tasida isyonlar avjiga chiqqan. Hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, Tehron g‘arbidagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bazasida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Namoyishchilarning shiorlari nihoyatda qat’iy va ochiq: «Diktatorga o‘lim», «Bu oxirgi jang, Pahlaviy qaytib keladi», «Taxt vorisi, qayerdasan? Bizni qutqar», «Yashasin shoh!».

Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy sodir bo‘layotgan voqealarni izohlarkan, namoyishchilarning talablari «adolatli» ekanini aytdi. Shu bilan birga, u «isyonchilarni joyiga tushirib qo‘yish kerak», degan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring