Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada 3,2 mlrd so‘mlik dori kontrabandasiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 3,2 mlrd so‘mlik dori kontrabandasiga chek qo‘yildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yirik partiyasini kontrabanda yo‘li bilan olib kirish holati fosh etildi.

Tezkor tadbir Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar organlari hamda DXX chegara qo‘shinlarining 9229-sonli harbiy qismi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Tadbir davomida bir guruh shaxslar umumiy qiymati 3,2 milliard so‘mlik 30 660 dona Regopen va 925 dona Tropikamidni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirgani aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dori vositalari Vaziyo MFY hududida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasiga tortilgan sim to‘siqlarni buzish orqali kontrabanda qilingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi — kontrabanda va 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring