Finlyandiya endi piyodalarga qarshi minalarni qo‘llashi mumkin
Finlyandiya piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash bo‘yicha Ottava konvensiyasidan rasman chiqdi, deb xabar berdi Yle.
Denonsatsiya rejalashtirilgani haqida mamlakat BMTni olti oy muqaddam — 2025-yil iyulida xabardor qilgandi.
Endi mamlakat o‘z arsenalida ushbu turdagi quroldan foydalanishi mumkin.
O‘tgan yilning martida Latviya, Litva va Estoniya konvensiyadan chiqishini e’lon qilgan, iyunda ular qatoriga Ukraina qo‘shilgandi. Keyinroq Finlyandiya ham xuddi shunday qarorni e’lon qildi.
Ottava konvensiyasi (piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash bo‘yicha) 1999-yilda kuchga kirgan va 164 davlat unga qo‘shilgan. Helsinki hujjatni 2012-yilda ratifikatsiya qilgan. O‘shanda Finlyandiya qurolli kuchlari ixtiyorida 1 milliontaga yaqin piyodalarga qarshi minalar bo‘lgan. To‘rt yil davomida ularning barchasi yo‘q qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter