Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi (foto)

Germaniya prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi (foto)

Foto: UzA

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi.

«Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va «yashil» texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring