Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ijduvonda davlat yerini sotgan «shovvozlar» ushlandi

G‘ijduvonda davlat yerini sotgan «shovvozlar» ushlandi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini 25 mln so‘mga sotgan shaxslar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar R.P. va H.R. o‘zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, «Paxtaobod» MFY hududidagi 10 sotix davlat zaxirasidagi yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli ekanligini aytib, shundan 4 sotixini fuqaro A.O‘.ga va 6 sotixini F.Q.ga sotishga kelishgan.

Shu tariqa ularning jami 25 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Tekshiruv davomida esa 15 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring