Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedov O‘zbekiston terma jamoasining JCh–2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Habib Nurmagomedov O‘zbekiston terma jamoasining JCh–2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Foto: Championat.com

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi. Uning fikricha, jamoa kamida guruh bosqichidan chiqa oladi.

«Ularning yetakchisi bor — Husanov. Jamoa juda chanqoq, o‘zini ko‘rsatishni istaydi. Menimcha, ular kamida guruhdan chiqishi kerak», — dedi u «Okko Sport»ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U so‘nggi jangini 2020 yilda o‘tkazib, amerikalik Jastin Geyji ustidan g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobda mag‘lubiyatga uchragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring