Har kuni salkam 500 o‘zbekistonlik Amirliklarga yo‘l olmoqda

2025-yilning yanvar-mart oylarida 44,8 ming nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda BAAga safar qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Amirliklarga boruvchi o‘zbek turistlari soni o‘tgan yilning mos davriga solishtirilganda 6,3 ming nafarga yoki 16,2 foizga oshgan.
Yanvar-mart oylarida Amirliklarga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti:
- sayyohlik — 39 172 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 5 024 nafar;
- xizmat yuzasidan — 363 nafar;
- davolanish — 167 nafar;
- o‘qish — 70 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter