Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Himolayda katta qurilish qilayotgan Hindiston Xitoy bilan to‘qnashishi mumkin

Himolayda katta qurilish qilayotgan Hindiston Xitoy bilan to‘qnashishi mumkin

Foto: The Wall Street Journal

Xitoy bilan to‘qnashuvga tayyorlanayotgan Hindiston Himolay tog‘larida katta qurilish qilyapti, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Nashrga ko‘ra, Hindiston Himolay tog‘larida yo‘llar, tunnellar va uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurish uchun yuzlab million dollar sarflamoqda, bu kelajakda o‘zining azaliy dushmani Xitoy bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlikdan nishon.

2020-yilda Hindiston va Xitoy chegarasidagi qonli to‘qnashuvda har ikki tomondan askarlar halok bo‘lgandi. Bu esa 2 200 millik (3 540 km) bahsli chegara — «haqiqiy nazorat chizig‘i» deya ataluvchi noaniq demarkatsiya chizig‘idagi zaiflikni ko‘rsatdi.

Xitoy necha o‘n yillar davomida o‘z chegara hududlari bo‘ylab keng ko‘lamli temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yaratdi, Hindiston o‘z qurolli kuchlari tog‘li chegara hududlarini kesib o‘tishi uchun zarur infratuzilmani barpo etishga urinib ham ko‘rmagan.

2020 yilda Xitoy-Hindiston chegarasida janglar boshlanganida, askarlar 14 ming fut (4,2 km) balandlikda dubinkalar va tikanli sim o‘ralgan tayoqlarda qo‘l jangiga kirishishgan. Tahlilchilarning fikricha, Pekin bir necha soat ichida qo‘shimcha kuchga ega bo‘lishi mumkin edi. Hindiston esa o‘nqir-cho‘nqir yoki umuman yo‘q yo‘llar orqali qo‘shin keltirishiga kamida bir hafta ketgan bo‘lardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring