Ikki davlat O‘zbekistonga yangi elchilarini jo‘natdi
Belgiya hukumatining O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayer mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilingan. O‘zbekison va Belgiya o‘rtasida savdo, investitsiyalar hamda biznes sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.
Baxtiyor Saidov, shuningdek, Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktisning ishonch yorliqlari nusxalarini ham qabul qilib olgan.
«Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladik», – deb yozadi Saidov.
TIV rahbari, o‘z navbatida har ikki elchining O‘zbekistondagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter