Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya femitsidni alohida jinoyat sifatida tan olishi mumkin

Italiya femitsidni alohida jinoyat sifatida tan olishi mumkin

Italiya parlamenti mamlakat Jinoyat kodeksiga femitsid – ayollarga nisbatan jinsiy adovat yoki zo‘ravonlik asosida amalga oshirilgan qotillik – haqida alohida modda kiritishni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Qonun 25 noyabrda – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish xalqaro kunida qabul qilindi.

Yangi qonunga muvofiq, femitsid sodir etgan shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etiladi. Ayolni unga nisbatan nafrati sabab o‘ldirish har doim femitsid sifatida qayd etiladi. Shuningdek, femitsid alohida turdagi jinoyat sifatida statistika va tahlillarda ajratib boriladi.

«Femitsid endi real huquqiy ta’rifga ega bo‘ladi. Ayollarni «haddan tashqari muhabbat» yoki «o‘ta rashk» sabab o‘ldirilgan, deb tasvirlash — madaniy jihatdan qabul qilinadigan, ammo asl motivni yashiradigan tushunchadir. Bu jinoyatlarda asosiy omil — hokimiyat va qurbonni bo‘ysundirish istagi», – deydi Qonun mualliflaridan biri, sudya Paola Di Nikola.

Italiyada oxirgi yillarda ayollarga qarshi zo‘ravonlik va qatl holatlari katta ijtimoiy muhokamaga aylangan. Ayniqsa, 2023-yilda 22 yoshli student qiz Juliya Chekkettinning o‘ldirilishi mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlarga sabab bo‘lgan.

Italiya politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 116 ayol o‘ldirilgan, ularning 106 tasi nafrat asosida sodir etilgan.

Italiya ushbu qonunni qabul qilgan – Kipr, Malta va Xorvatiyadan keyin femitsidni Jinoyat kodeksida alohida ta’rif bilan kiritgan Yevroittifoqning to‘rtinchi davlatiga aylandi.

Manba: bbc.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring