Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda AES qurilishiga Italiya tomoni ham ko‘maklashadi

O‘zbekistonda AES qurilishiga Italiya tomoni ham ko‘maklashadi

Italiyaning Genuya shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan «O‘zatom» agentligi direktori Azim Ahmedxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya 20 oktyabr kuni Ansaldo Energia xoldingi va uning atom energetikasi texnologiyalariga ixtisoslashgan kompaniyalaridan biri – Ansaldo Nucleare rahbariyati bilan uchrashdi. Xolding Yevropa energetika sektorida energiya uskunalarini, shu jumladan bug‘ va gaz turbogeneratorlarini loyihalash, muhandislik, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi o‘yinchi hisoblanadi.

Kun tartibidan – O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishda texnologik integratsiya va italiyalik hamkorlarning yordamchi tizimlari yechimlarini O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Italiya tomoni xavfsizlik tizimlarini yaratish va ular uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, atom elektr stansiyalari uchun asosiy va yordamchi uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha katta tajribaga egaligi, shuningdek, Xitoy, Belgiya, Sloveniya, Vengriya va Ukraina kabi mamlakatlarda AESlarni baholash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda ishlatilgan yadro yoqilg‘isi bilan ishlashda yuqori professionallik to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Xolding kompaniyalarini O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirishni nazorat qilish, shuningdek, samarali yordamchi yechimlarni ishlab chiqish uchun texnik maslahatchilar sifatida jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ansaldo Nucleare kompaniyasining o‘z ishlanmasi bo‘lgan ishlatilgan yadro yoqilg‘isini boshqarish tizimlarini olish imkoniyati bilan radioaktiv chiqindilar bilan ishlash sohasida kompaniya bilan o‘zaro hamkorlik qilish xususiyatlari batafsil o‘rganildi.

Shu bilan birga, Italiya tomoni milliy normativ-huquqiy bazani shakllantirish va litsenziyalash bo‘yicha maslahat faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlari yo‘lida atom sohasida texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirish va kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) tashkil etishga qiziqish bildirdi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring