Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ingliz tilidagi «O‘tkan kunlar»ni elektron shaklga beruxsat o‘tkazgan fuqaro jarimaga tortildi

Ingliz tilidagi «O‘tkan kunlar»ni elektron shaklga beruxsat o‘tkazgan fuqaro jarimaga tortildi

Tarjimon va sharqshunos olim Mark Reze adliya idoralariga uning 15 yil davomida ingliz tiliga tarjima qilgan «Bygone Days» («O‘tkan kunlar») asari ruxsatsiz elektron shaklda tarqalgani haqida murojaat qilgan.

Adliya vazirligi olib borgan o‘rganishlarda ushbu asar Mark Rizedan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi tomonidan to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirildi.

Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, tarjimon Mark Reyesega «Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring