Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyatga eng yirik iqlim falokati tahdid solmoqda

Insoniyatga eng yirik iqlim falokati tahdid solmoqda

Qariyb 150 yil avval 50 milliondan ziyod insonning hayotiga zomin bo‘lgan «El-Nino» bu yil takrorlanishi mumkin. Gavayi universiteti va Jahon meteorologiya tashkiloti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi.

«El-Nino» — Tinch okeanining tropik zonasi sharqiy-markaziy qismi suvlarining har bir necha yilda kuzatiladigan isishi hodisasidir. 2026-yilda u yerda okean harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3 darajaga yuqorilashi va rekordlarni yangilashi mumkin.

The Washington Post eslatishicha, deyarli 150 yil avval yuz bergan «El-Nino» juda katta iqlimiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlariga qiron keltirgan. Kutilayotgan hodisa jahonda oziq-ovqat xavfsizligini yana xavf ostiga qo‘yishi mumkinmi, degan savolni yuzaga keltiradi.

Kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli «El-Nino» 1877-yildan 1878-yilgacha kuzatilgan, hodisasi Hindiston, Xitoy, Braziliya va boshqa mamlakatlarda 50 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘lgan global ochlikka olib keluvchi sharoitlarning shakllanishiga zamin yaratgan. Bu o‘sha paytdagi sayyora aholisi taxminiy sonining 3 dan 4 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etgan. Agar bu holat bugungi kunda yuz bersa, kamida 250 million insonga teng bo‘ladi.

«1870-yillardagi kabi bir vaqtda yuz beradigan ko‘p yillik qurg‘oqchiliklar takrorlanishi mumkin. Hozir vaziyat yanayam murakkab, atmosfera va okeanlar 1870-yillardagiga qaraganda ancha issiqroq, bu ular bilan bog‘liq ekstremal hodisalar yanada kuchliroq bo‘lishi mumkinligini anglatadi», — dedi Vashington davlat universiteti dotsenti Dipti Singx.

Uning ta’kidlashicha, super «El-Nino» bilan bog‘liq qurg‘oqchilik xavfining ortishi ko‘plab mintaqalarda oziq-ovqat, suv va iqtisodiy xavfsizlikni tahdid ostiga qo‘yadi. Bu esa o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar uchun global oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring