Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil harbiy samolyotlari G‘azoga hujum qildi: 18 kishi qurbon bo‘ldi

Isroil harbiy samolyotlari G‘azoga hujum qildi: 18 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: SBS

Reuters agentligi mahalliy Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, Isroilning G‘azo sektoridagi havo hujumlarida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu so‘nggi haftalar ichidagi eng yuqori bir kunlik o‘lim ko‘rsatkichi bo‘ldi. 

Harbiy samolyotlar G‘azo, Deyr al-Balah va Xon Yunis shaharlariga zarba berdi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, turar-joy binolari va ko‘chirilganlar uchun chodir lagerlari zarar ko‘rgan. 

Isroil armiyasi Deyr al-Balahdagi zarbalar HAMASning Nuhba maxsus kuchlari bo‘linmasining ikki qo‘mondonini nishonga olganini aytdi. Boshqa hududlarda esa zarbalar «harbiy operatsiyachilar»ni nishonga oldi. 

Yangi zarbalar to‘lqini AQSh prezidenti Donald Trampning HAMAS qurolsizlanishga tayyor ekanligi haqidagi e’lonidan keyin boshlandi. Isroil hukumati bu istiqbolga shubha bilan qaradi: Energetika vaziri Eli Koen hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, HAMASni to‘liq yo‘q qilish va qurolsizlantirish Isroilning asosiy talabi bo‘lib qolmoqda. Bunga javoban harakat vakillari Isroilni tinchlik jarayonini buzishga va o‘z shartlarini yuklashga urinishda aybladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring