Issiqxonasida shina va mazut yoqayotganlarning qozonxonasi musodara qilinadi
Prezidentning Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yumshatishga qaratilgan farmoni bilan Ekologiya qo‘mitasiga bir hafta muddatda maydoni 2 sotix va undan yuqori bo‘lgan issiqxonalarda chang-gaz tozalash uskunalari nosoz ishlashi yoki mavjud bo‘lmaganligi uchun ma’muriy jarimalar miqdorlarini yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga 5 baravarga va jismoniy shaxslarga 3 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, maydoni 2 sotix va undan yuqori bo‘lgan issiqxonalarda yoqilg‘i moddalar, material va chiqindilar (shina, bitum, mazut, ishlatilgan avtomobil moyi, plyonka, rezina, jun tolasi va boshqalar) yoqilgani aniqlanganda isitish qozonxonasini davlat foydasiga musodara qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni ham joriy etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter