Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya Ukrainada asirga tushgan shimoliy koreyalik harbiylarni qabul qiladi

Janubiy Koreya Ukrainada asirga tushgan shimoliy koreyalik harbiylarni qabul qiladi

Foto: Ukrainska pravda

Janubiy Koreya Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan va asirga olingan barcha Shimoliy Koreya harbiylarini, agar ular istasa, qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Vazirlikka ko‘ra, Seul Shimoliy Koreya harbiy asirlarini ularning xohishiga qarshi ravishda Rossiya yoki Shimoliy Koreyaga qaytarilishiga qarshi.

Avvalroq vazirlik matbuot kotibi Li Je Von Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, butun Koreya yarimoroli mamlakat hududi hisoblanishini va shu sababli yarimorolda yashovchi barcha aholi Janubiy Koreya fuqarolari sifatida tan olinishini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring