Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Javohir Sindorov ilk bor FIDE Circuit reytingi yetakchisiga aylandi

Javohir Sindorov ilk bor FIDE Circuit reytingi yetakchisiga aylandi

Foto: FIDE

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov faoliyatida ilk bor FIDE Circuit 2026/2027 mavsumining umumiy reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda FIDE rasmiy sayti xabar berdi.

Javohir Sindorov 75,28 ochko bilan jahon reytingida peshqadam bo‘lib turibdi. U AQShning Sharlott shahrida o‘tkazilgan Naroditsky Memorial turniridagi ikki g‘alabasi evaziga yana bir vatandoshimiz Nodirbek Abdusattorovni (65,64) ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni amerikalik Fabiano Karuana (54,58) egallab turibdi.

FIDE Circuit 2026/2027 reytingidagi kuchli o‘nlik quyidagicha:

  1. Javohir Sindorov (O‘zbekiston) — 75,28
  2. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 65,64
  3. Fabiano Karuana (AQSh) — 54,58
  4. Uesli So (AQSh) — 43,11
  5. Vinsent Kaymer (Germaniya) — 40,88
  6. Ayk Martirosyan (Armaniston) — 36,73
  7. Ardjun Erigaysi (Hindiston) — 36,34
  8. Alirizo Firo‘zja (Fransiya) — 35,50
  9. Yan Nepomnyashiy (FIDE) — 32,48
  10. Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston) — 29,92.

Ayollar o‘rtasidagi reytingda esa yurtdoshimiz Afro‘za Hamdamova 8-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring