Javohir Sindorov Jahon kubogi finaliga chiqdi
Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha 2025 yilgi Jahon kubogi musobaqasi davom etmoqda. Yarim final bahslarida o‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘ynadi.
21–22-noyabr kunlari yarim final bosqichida ikki grosmeyster — Nodirbek Yakubboyev (reytingi 2689, 37-o‘rin) va Javohir Sindorov (reytingi 2721, 25-o‘rin) o‘rtasidagi ikki partiya 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bugun, 23-noyabr kuni ular tay-brek o‘yinini o‘tkazdi va unda Javohir 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda Sindorov xitoylik Vey Yiga qarshi dona suradi. Ta’kidlash joiz, bunday holat o‘zbek shaxmati tarixida ilk bor kuzatilmoqda.
Javohir Sindorov nafaqat Jahon kubogi finaliga, balki 2026-yilgi shaxmat toji uchun da’vogarlar turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Nodirbek Yakubboyev esa uchinchi o‘rin uchun bahsda rossiyalik Andrey Yesipenko bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yin g‘olibi ham Jahon shaxmat tojiga da’vogarlarning turniriga yo‘l oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter