Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Joriy yilda erta turmush bilan bog‘liq 150 dan ortiq holat aniqlangan

Joriy yilda erta turmush bilan bog‘liq 150 dan ortiq holat aniqlangan

2025 yil boshidan buyon O‘zbekistonda 15-17 yoshli voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta turmush qurish bilan bog‘liq 155 ta holat qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari hamon qayd etilmoqda.

Xudayarov Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yoshlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida erta turmush qurish masalasini tanqid qilganini ta’kidladi.

«Yig‘ilishda ayollarning tug‘ilish o‘rtasidagi zarur intervalga rioya qilmasdan, kalendar yili davomida ikki marta homilador bo‘lish holatlari ham muhokama qilindi. Bu zaiflashgan va kasal bolalarning tug‘ilishiga olib keladi.

Prezidentimiz bunday holatlarning oldini olish, sog‘lom avlod tug‘ilishini ta’minlashda mahalliy tibbiyot xodimlari mahalla qo‘mitalari, xotin-qizlar qo‘mitalari, diniy idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga yanada mas’uliyat bilan yondashishi zarurligini ta’kidladi», – deydi vazir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bu borada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Manba: youtube.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring