Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Konditsioner ham foyda bermay qo‘yganda: nima uchun Toshkentda uy-joy tanlashga yondashuv o‘zgardi

Konditsioner ham foyda bermay qo‘yganda: nima uchun Toshkentda uy-joy tanlashga yondashuv o‘zgardi

2026 yil yozi Toshkentning bardoshliligini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqda. Havo harorati muntazam ravishda +40°C darajadan oshib, elektr tarmog‘iga yuklama eng yuqori bo‘lgan soatlarda ayrim tumanlar aholisi vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotidagi uzilishlarga duch kelmoqda. Aynan shunday paytlarda qulaylik nafaqat konditsionerning quvvatiga, balki binoning qizib ketishdan qay darajada himoya qilinganiga ham bog‘liq ekani ayon bo‘ladi.

Ko‘chmas mulk bozori vakillarining so‘zlariga ko‘ra, xaridorlar tobora ko‘proq nafaqat binoning joylashuvi va xonadonlar tarhi, balki jazirama kunlarda xonadon qay darajada qizishi hamda elektr energiyasi o‘chib qolganda unda mo‘’tadil harorat qancha vaqt saqlanib turishi bilan ham qiziqmoqda.

Mutaxassislar issiq iqlim uchun eng samarali yechimlardan biri sifatida osma ventilyasiyali fasadni aytishmoqda: u issiqlik izolyasiyasi qatlami, havo bo‘shlig‘i va tashqi qoplamadan iborat. Quyosh qoplamani qizdiradi, biroq issiq havo havo bo‘shlig‘i orqali yuqoriga ko‘tarilib, hech qanday ventilyator va elektr ta’minotisiz tashqariga chiqib ketadi.

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, ventilyasiyali fasad ortidagi devorning tashqi sirti suvoqli devorga nisbatan taxminan 14°C salqinroq, ichki sirti esa kunning eng issiq paytida 11–12°C gacha salqinroq bo‘lishi mumkin. Bino eng ko‘p quyosh tushadigan fasadlarda sovutish uchun sarflanadigan xarajatlarni 30–40 foizgacha tejash imkonini beradi. Konditsioner o‘chirilgandan keyin bunday xonadon birdaniga qizib ketmaydi — mo‘’tadil harorat ancha uzoq vaqt saqlanib turadi.

MEZON by LUMEN turar joy majmuasi aynan shu tamoyil asosida qurilgan:

⦁ devorlariga 100 mm mineral vata yotqizilgan;
⦁ havo qatlami va membrana undagi namlikni chiqarib turadi, shu sababli izolyasiya yillar davomida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi, keramogranit qoplamasi esa quyosh nuriga chidamli va deyarli parvarish talab etmaydi.
⦁ majmua yaqinidan kanal o‘tadi, hovlilar esa ko‘kalamzorlashtirilgan: suv bug‘lanib, havoni namlantiradi, shuning uchun suv bo‘yida va salqinda harorat taxminan 1-3 daraja pastroq bo‘ladi.

Toshkentning jazirama issig‘i bilan solishtirganda bu kichik farqdek tuyulishi mumkin, biroq aynan shu bir necha daraja oqshomni hovlida maroqli o‘tkazish imkonini beradi.

“Yana bir necha yil avval energiya samaradorligi konditsioner xarajatlarini kamaytirish vositasi sifatida qabul qilinardi. Bugun esa bu kundalik qulaylik masalasidir. Zamonaviy uy faqat konditsionerga tayanib qolmasdan, salqinlikni saqlashda yordam berishi kerak”, — deya ta’kidlaydi kompaniya vakillari.

MEZON turar joy majmuasi “Do‘stlik” metro bekatidan (sobiq Chkalovskaya) ikki daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, uni 2027 yilning I choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot: +998 78-113-95-99

Instagram: @mezon.residence

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring