Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Koreya Respublikasiga ishga yuborish bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik holati fosh etildi.
Tekshiruv materiallariga ko‘ra, fuqaro Z.I. boshqa bir fuqaro Sh.I.ning ishonchiga kirib, uni go‘yo yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga joylashtirishini aytgan.
Bu xizmat uchun 8 ming AQSh dollari talab qilingan bo‘lib, kelishilgan mablag‘dan 1 ming AQSh dollari firibgarlik yo‘li bilan olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur mablag‘ hisobidan 200 AQSh dollari jabrlanuvchiga qaytarilgan. Pul mablag‘ining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Z.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter