Krishtianu Ronaldu serialda suratga tushishi mumkin
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu britaniyalik futbol agenti haqidagi serialda suratga tushishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha «Kingsman» filmi rejissyori Mettyu Von bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Serialda aktyor Demian Lyuis hamda bir qator taniqli sportchilar ishtirok etadi.
Manbaga ko‘ra, serial futbol agenti Darren Deynning g‘oyasi asosida yaratilgan. Londonda suratga olish ishlari boshlangan. «Day 1s» nomli loyiha Stenli Dalton ismli futbol agenti hayotini hikoya qiladi.
Serialda, shuningdek, Fransiya futboli afsonasi Terri Anri va britaniyalik reper Deyv ham rol ijro etishi kutilmoqda. Loyiha Braziliyaning «Globo» telekanali suratga olgan «The Playoffs» seriali bilan taqqoslanmoqda.
Krishtianu Ronaldu ushbu loyihada nafaqat aktyor, balki ijrochi prodyuser sifatida ham ishtirok etadi. «Day 1s» Ronaldu va Mettyu Von hamkorligida tashkil etilgan «URMarv Studios» studiyasining ilk loyihasi bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter