Luvrdagi o‘g‘irlik: tergov ikki asosiy versiyani ko‘rib chiqmoqda

Parij prokuraturasi Luvr muzeyida sodir bo‘lgan o‘g‘irlik bo‘yicha tergovda ikki asosiy versiyani ustuvor deb hisoblamoqda – «buyurtma asosida amalga oshirilgan o‘g‘irlik» yoki «pul yuvish maqsadida tashkil etilgan jinoyat».
Bu haqda Parij prokurori Lora Bekko ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tergovni 60 nafar tajribali surishtiruvchi olib bormoqda va fransuz hukumati «o‘g‘irlarni qo‘lga olishda qat’iy» ekanini ta’kidlamoqda.
Joriy yilning 19-oktyabr kuni ertalab noma’lum shaxslar Luvr muzeyining Galereya Apollon qismiga kirib, Napoleon va malika Jozefinaga tegishli bo‘lgan 9 ta noyob zeb-zinot buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan edi.
Le Parisien’ning yozishicha, hodisa ortidan muzey yaqinidan malika Yevgeniya (Napoleon III rafiqasi)ning shikastlangan toji ham topilgan.
Fransiya Ichki ishlar vaziri Loran Nunesning ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar muzeyga Sena daryosi sohasidagi ta’mirlash maydoni orqali yo‘l topishgan. Yuk liftidan foydalanib, Galereyaga kirishgan va shisha vitrinalarni sindirib, buyumlarni olib chiqqan. Barcha jarayon yetti daqiqa ichida amalga oshirilgan,
Prokuror Bekkoning aytishicha, garchi avval Fransiya IIV ayrim xorijliklar ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan bo‘lsa-da, «chet el arlashuvi» haqidagi versiya hozircha ustuvor deb hisoblanmayapti.
Muzey rasmiylari Luvrni shu kunning o‘zida «favqulodda va jabrlanuvchilar xavfsizligi uchun» yopib qo‘ydi.
Hozirda o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxati tuzilib, videoyozuvlar o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun, Luvr – dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeyi (yillik 9 mln kishi) hisoblanadi.
Manba: forbes.ru
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter