Luvrdagi o‘g‘rilik ortidan yana besh kishi qo‘lga olindi
Fransiyada politsiya Luvr muzeyidagi 88 million yevrolik talonchilik ishi bo‘yicha yana besh nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda AFP Parij prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlardan biri talonchilikda bevosita ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Qolgan to‘rt nafari esa o‘g‘rilikka tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumotga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Qo‘lga olish tadbirlari kecha kechqurun Parij va Sen-Sen-Deni departamentida amalga oshirilgan. Politsiya bir nechta manzillarda tintuvlar o‘tkazgan, ammo hozircha natija haqida xabar berilmagan.
Prokuraturaning ma’lum qilishicha, ayrim gumonlanuvchilar voqea joyida topilgan DNK izlari orqali politsiya nazariga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida politsiya ikki nafar shubhalanuvchini ham mazkur «ish» bo‘yicha qo‘lga olgan. So‘nggi ma’lumotlarda ular aybini qisman tan olgani aytiladi. Tergovchilar hodisa buyurtma asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter