Mahallalarda ijtimoiy infratuzilma yanada rivojlantiriladi
Joriy yil 27-dekabrda Prezidentning «2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–393-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- qurilish ob’yektlarini loyihalashda «yashil» texnologiyalarni keng joriy qilish;
- budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarining 3,4 trln so‘m mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish;
- ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga 150 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish.
Dastur doirasida yangidan boshlanadigan ob’yektlarni loyihalashtirishda quyidagilardan foydalanish inobatga olinmagan hollarda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:
- energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan;
- ekologik toza va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanish.
2026-yil 1-yanvardan loyiha qiymati BHMning 6 000 barobaridan yuqori budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash loyihalari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qamrab olinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter