Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr, Argentina va Kolumbiya — keyingi bosqichda. 1/8 finalning barcha juftliklari aniq bo‘ldi

Misr, Argentina va Kolumbiya — keyingi bosqichda. 1/8 finalning barcha juftliklari aniq bo‘ldi

JCh-2026 da 1/16 final bosqichi yakuniga yetib, 1/8 finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Avstraliya hamda Misr o‘rtasidagi o‘yinning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida misrliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Avstraliya — Misr 1:1

Penaltilar seriyasi — 2:4

Gollar: Hani 55 (avt) — Ashur 13.

Amaldagi chempion Argentina debyutant Kabo-Verde bilan to‘qnashuvda jiddiy qarshilikka uchradi va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alabaga erishdi.

Argentina — Kabo-Verde 3:2

Gollar: Messi (29), Lisandro Martines (92), Borxes (111, avtogol) — D.Duarte (59), L.Kabral (103).

O‘zbekistonning guruhdoshi Kolumbiya esa Ganadan kichik hisobda ustun keldi.

Kolumbiya — Gana 1:0

Gol: Arias (14).

1/8 final juftliklari:

4-iyul
22:00. Kanada — Marokash

5-iyul
02:00. Paragvay — Fransiya

6-iyul
01:00. Braziliya — Norvegiya
05:00. Meksika — Angliya

7-iyul
00:00. Portugaliya — Ispaniya
05:00. AQSh — Belgiya
21:00. Argentina — Misr

8-iyul
01:00. Shveysariya — Kolumbiya

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring