Namanganda «Ko‘mir ta’minot» MChJ mansabdorining qilmishi fosh bo‘ldi
«Ko‘mir ta’minot» MChJ Namangan viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mansabdor yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining ko‘mir omboriga rahbarlikka tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir vagonlarini ko‘paytirib berishga va’da berib, evaziga 40 000 dollar talab qiladi.
Joriy yilning 6-dekabrida u so‘ragan pulining 25 000 dollarini filial ishchisi orqali oladi va fuqaroning ombor mudiri lavozimiga tayinlanishini ta’minlaydi.
Keyinroq mansabdor shaxs qolgan 15 000 AQSh dollari hamda omborga ko‘mir ortilgan 30 ta vagon yuborgani uchun ulush sifatida 7500 AQSh dollari, jami 22 500 AQSh dollari berishini talab qilib, o‘zining vositachisi bo‘lgan filial ishchisi orqali ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter