Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda 778 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiyda 778 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Navoiy viloyatining Nurota va Navbahor tumanlari cho‘l hududlarida 778 ta yo‘rg‘a tuvaloq qushi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qushlar Birlashgan Arab Amirliklarining ixtisoslashtirilgan pitomnigida parvarishlangan bo‘lib, asosiy maqsad yo‘rg‘a tuvaloq populyasiyasini tiklash va ko‘paytirish, bioxilma-xillikni asrash hamda cho‘l ekotizimining tabiiy muvozanatini saqlashdan iborat.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tabiiy muhitga qo‘yib yuborilgan qushlarning moslashuvi va ko‘payishi kelgusida ushbu noyob tur populyasiyasining barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring