Nega asosan o‘ng qo‘l ishlatiladi?
Dunyoda chapaqaylar ko‘pchilikni tashkil qiladigan bironta millat yo madaniyat yo‘q. Olimlarning aytishicha, bu tasodif emas, balki qonuniyatdir.
Chapaqaylar eng ko‘p tarqalgan joylarda ham ularning ulushi 10-15 foizdan oshmaydi. Demak, o‘ng qo‘llilikning ustunligi «inson biologiyasi»da yashiringan.
Ultratovush tekshiruvlari ko‘rsatishicha, ona qornidagi chaqaloqlarning aksariyati rivojlanishining 15-haftasiga kelib aynan o‘ng qo‘l barmog‘ini so‘rishni boshlaydi. Chapaqaylikka esa ehtimol tizimning tabiiy o‘zgaruvchanligi sabab bo‘lishi mumkin.
Nima uchun aynan o‘ng qo‘l?
Bu haqda asosan ikki xil taxmin mavjud. Birinchisiga ko‘ra, ajdodlarimiz kamida 500 ming yil davomida o‘ng qo‘l bilan ishlash ko‘nikmasini orttirgan. Keyingi avlodni ham o‘rgatish oson bo‘lishi uchun «yagona standart»ga amal qilingan.
Ikkinchi taxminga ko‘ra, o‘zaro jangda o‘ng qo‘lda ko‘krak qafasining chap, ya’ni yurak joylashgan tomoniga zarba berish osonroq, to‘g‘rirog‘i, o‘ng‘ay bo‘lgan. Bu jihat o‘ng qo‘lni ishlatuvchilarga ustunlik bergan.
Hozir ham «o‘ng‘ay» so‘zi «qulay»ga sinonim...


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter