Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Xitoy mamlakatdan chiqib ketish jarayonini qiyinlashtirmoqda

OAV: Xitoy mamlakatdan chiqib ketish jarayonini qiyinlashtirmoqda

Foto: Teleport

Xitoy Davlat Kengashi rasmiylarning sayohatni cheklash vakolatlarini kengaytiradigan yangi chiqish va kirish qoidalarini e’lon qildi.

O‘zgarishlar umuman chegaralararo faoliyatni boshqarishga qaratilgan, ammo asosan hozirda milliy xavfsizlik masalasi deb hisoblanadigan «iste’dod, texnologiya, axborot va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari» ning chiqib ketishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda Tayvanning Taipei Times gazetasi xabar tarqatgan. 

15 sentyabrdan kuchga kiradigan yangi qoidalar 19 qismdan iborat. Ularga ko‘ra, sayohatchilar «haqiqiy va qonuniy» asoslarni taqdim etishlari kerak. Bojxona xodimlariga sayohatning ko‘rsatilgan maqsadi haqida so‘rash va mobil telefonlardagi elektron ma’lumotlarni tekshirish vakolati beriladi.

Hukumat, shu jumladan mintaqaviy hokimiyatlar, agar fuqarolar milliy xavfsizlik yoki manfaatlarga zararli bo‘lgan har qanday faoliyat bilan chet elda shug‘ullanganliklari aniqlansa, ularga uch yilgacha mamlakatdan chiqib ketishni taqiqlashlari mumkin. 

Yangi qoidalarga muvofiq texnologiyalar eksporti yoki savdo qoidalarini buzganlar Xitoyning sanoat yoki texnologik xavfsizligiga tahdid solganliklari uchun javobgarlikka tortiladilar. Ular tegishli idoralar, jumladan, Savdo vazirligi tomonidan sayohat taqiqlariga, shu jumladan xodimlarning sayohatlariga taqiqlarga duch kelishlari mumkin. Qoidalar, shuningdek, ta’lim va immigratsiya bilan bog‘liq xalqaro sayohatlarni tashkil etuvchi vositachilarga nisbatan nazoratni kuchaytiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring